UZ EN RU

Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari

1991 yildan 2006 yilgacha O'zbekistonga asosan Yevropa Ittifoqining MDH mamlakatlaridagi o'tish jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan TACIS dasturi doirasida yordam ko'rsatilgan edi.

2014 yildan 2020 yilgacha Yevropa Ittifoqi (YI) O'zbekistonning barqaror rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun 168 million yevro ajratdi.

Yevropa Ittifoqining O'zbekiston bilan hamkorligi asosan mintaqalarni rivojlantirish va qishloq xo'jaligini, jumladan bog'dorchilik, sug'orish, suv ta'minoti, chorvachilik va kasb-hunar ta'limi sohalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, biz O'zbekiston hukumati bilan davlat boshqaruvi va ma'muriy islohotlarni takomillashtirish bo'yicha yaqindan hamkorlik qilamiz. YI kommunal infratuzilma, gidroenergetika, suv tozalash inshootlari va xususiy sektorni rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda. YI mahalliy innovatsiyalarni rag'batlantirgan holda bog'dorchilik va chorvachilikda ilg'or tajriba almashishni qo'llab-quvvatlaydi. Farg'ona vodiysidagi iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish uchun ilg'or sug'orish usullarini joriy etish orqali suvdan unumli foydalanishga da'vat etamiz. Biz qishloq joylardagi fuqarolarga ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beramiz.

Shuningdek, YI O'zbekistonning JSTga kirishini qo'llab-quvvatlaydi va imtiyozli savdo munosabatlari bo'yicha muzokaralarni boshladi (GSP +).

The EU also supports the accession of Uzbekistan to the WTO, and has opened negotiations for privileged trade relations (GSP+).

ERASMUS+ dasturi bo'yicha oliy ma'lumotni qo'llab-quvvatlash mintaqaviy fondlar tomonidan 115 million yevro miqdorida moliyalashtirishni o'z ichiga oladi.

Mintaqaviy dasturlar:

O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim, mintaqaviy suv-energetika muloqoti, iqlim o'zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi hamkorlik, Markaziy Osiyo va Afg'onistonning makro mintaqasida qonun ustuvorligi va savdosi bilan bog'liq qator mintaqaviy dasturlarning benefitsiari (foyda oluvchisi) hisoblanadi. Bundan tashqari, bir qator dasturlar uran qazib olish sanoatini barqarorlashtirish va tiklantirishga qaratilgan.

O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya fondidan foyda olmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari investitsiya fondi investitsiyalar, texnik qo'llab-quvvatlash yoki xavfli investitsiyalar uchun moliyaviy institutlar va boshqa hamkorlardan davlat va xususiy sektorning mablag'larini jalb qilish uchun grantlar ajratadi. Bu foyda oluvchilarni boshqa holatlarda moliyaviy yoki tashkiliy jihatdan qiyin bo'lgan barqaror rivojlanishga mablag 'sarflashga undaydi.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari borasidagi xalqaro standartlarini ilgari surishda O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Oʿzbekistonda mustaqil oʿqituvchilar assotsiatsiyalarining imkoniyatlarini kengaytirish
Innovatsion O’zbekiston
O’zbekistondagi Orol dengizi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo’yicha ko’p tomonlama hamkorlik trast fondi
Innovatsiya va fuqarolik jamiyati va mahalliy hokimiyatlar o’rtasidagi hamkorlik orqali oshkora va inklyuziv boshqaruv
O’zbekistonda ayollarni qo’llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyatini kuchaytirish #EU4WomenRights
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda resurslarning samaradorligi (REAP)
Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: salohiyatni oshirish, targ’ibotni kuchaytirish, texnologiyalarni joriy qilish
Samarqand shahrida qattiq chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish
O’zbekistonda suv va atrof-muhit masalalari bo’yicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish loyihasi
#YoshStan: Mahalliy darajadagi qaror qabul qilish jarayonida yoshlarning rolini oshirish
O‘zbekiston qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish loyihasi
Bog’dorchilikni rivojlantirish loyihasi
Chorvachilikni rivojlantirish loyihasi
Qishloq xo’jaligi byudjetini qo’llab-quvvatlash va salohiyatni oshirishda Qo’shimcha ko’mak
Qishloq xo’jaligini byudjet tomonidan qo’llabquvvatlash va salohiyatni oshirishga yordam
O’zbekiston Respublikasida gidroenergetikani rivojlantirish – 1-bosqich
O’zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish jarayoniga ko’maklashish
Qishloq va jamoat turizmini kuchaytirish Markaziy Osiyoda inklyuziv iqtisodiy rivojlanish uchun biznes vositachilik tashkilotlari
Markaziy Osiyoda BIO transport va logistika tizimini mustahkamlash
Qozog’iston va O’zbekiston injiniring kompaniyalariga xizmat ko’rsatadigan sanoat birlashmalarining salohiyatini oshirish
O’zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnat bilan boliq paxta yig’im-terimi monitoringini qo’llab-quvvatlash
Suv xo‘jaligini va resurslarini boshqarishning milliy doiraviy kontseptsiyasi
O’zbekistonning qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun texnik imkoniyatlarni yaratish
Farg’ona vodiysi suv resurslarini boshqarish loyihasi
O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish
O’zbekistonda suv ta’minoti va institutsional qo’llab-quvvatlash dasturi (1-Bosqich)
O’zbekistonda Oqava suv sektorini rivojlantirish loyihasi