UZ EN RU

Doira

Hayot charxpalagi va koinot ma’nosi
Osmonni, abadiyatni, olamni anglatuvchi doira birlik, cheksizlik, komillik, eng yuqori mukammallik g‘oyasini ifodalaydi. Doira ichki cheksiz bo‘shliqni cheklaydi, ammo bu bo‘shliqni tashkil etuvchi doiraviy harakat cheksizdir. Ko‘p urf-odatlarda, aylananing grafik tasviri dumaloq maydonni yoki uning (ko‘p yoki kamroq) obyektiv variantlarini nazarda tutadi, masalan tuxum, toshbaqa, disk va boshqalar, tartibsizlik bilan o‘rab olingan.
“Tibetdagi Sansara g‘ildiragi haqida eshitganmisiz? U doimo aylanib turadi va bizning barcha his-tuyg‘ularimiz va qadriyatlarimiz yoki pastga tushadi, yoki tepaga chiqadi. Gohida esa quyoshda porlaydi, gohida esa zulmatga cho‘kadi”.
Xaruki Murakami
Xotiraning doimiyligi
1931
Salvador Dali. Ispaniya
(1904-1989)
Tuval ustida moy, 24.1х33 sm
© Nyu York zamonaviy san’at muzeyi (МоМа), АQSh
Salvador Dalining “Oqayotgan soat” asari bu chiziqsiz, subyektiv vaqtning ramzi, erkinlik bilan oqayotgan va boʻshliqni to‘ldirish ma’nosini beradi. Hamma narsa oqib ketadi va hamma narsa o‘zgaradi.
Suprematizm
1917
Ivan Klyun
(1873-1943)
Каrton ustida moy, 38.5х48.5
© O‘zbekiston davlat san’at muzeyi
Noto‘g’ri geometrik shakllar ichki ko‘rinishga nazardir. Rang va geometrik tuzilish koinotning modelini nazarda tutadi. Xayoliy doira osmon, abadiyat, koinotni anglatadi. Doira yuzasiga boshqa oddiy shakllar joylashtirilgan– uchburchak, to‘rtburchaklar, kvadrat.
Rang dizayni
1919
Georgiy Stenberg
(1900-1933)
Yog‘och ustida moy, 29х69 sm
© O‘zbekiston davlat san’at muzeyi
Noldan toʻliqlikkacha. Rasmda g‘ildirakning birinchi aylanishida ishlay boshlagan tikuv mashinasi aks ettirilgan. Igna yuqoriga va pastga yurarkan u rang va geometrik shakllarni parchalaydi. G‘ildirak doimiy ravishda aylanadi va bizning barcha his-tuyg’ularimiz va qadriyatlarimiz yo pastda, yoki tepada bo‘ladi. Shu tarzda hayot matosi toʻqiladi.
Qizil ustida oq va qora
1990
Маshud Toʻxtaev
(b. 1946-2004)
Tuval ustida moy, 100x80 sm
© O‘zbekiston tasviriy san’at milliy galereyasi to’plami (O‘zmilliybank)
“Boqiylikka ishonch tabiat ularga bergan vaqtdan beparvolik bilan foydalanib, sabrsiz odamlarning chanog‘idan tug‘ilgan. Donishmand uchun bu vaqt zavqning butun doirasini aylanib chiqish uchun yetarlidir va o‘lim vaqti kelganda – qorni to‘yib, dasturxonni boshqa mehmonlar uchun bo‘shatib beradi. Donishmand uchun insonning bir hayoti kifoya, ahmoq esa abadiylikni nima qilishni bilmaydi”.
Samoslik Epikur

Oq va qora. Ikki qutb – ikki tamoyil – yorug‘lik va qorongʻulik. Oq rang mukammal va qora rang mukammaldir va ular bir xil qon rangida. Do‘ppi – bu insonning eng yuqori nuqtasi, aql belgisi, ma’lum bir fikrga diqqatni jamlashdir.
Do‘ppining oʻgʻirlanishiʻ
2017
G‘ayrat Ibrohimov
(1980 t.)
Tuval ustida moy, 141X100 sm
Muallif to’plami
“Aytaylik, Axilles toshbaqadan o‘n baravar tez yuguradi va uning ortidan ming qadam narida. Axilles bu masofani bosib o‘tganda, toshbaqa xuddi shu yo‘nalishda yana yuz qadam sudraladi. Axilles yuz qadam yugurganida, toshbaqa yana o’n qadam sudraladi va hokazo. Jarayon cheksiz davom etadi, Axilles hech qachon toshbaqaga yeta olmaydi”.
Zenon aporiyalari, “Axilles va toshbaqa”

Toshbaqa qobig‘ida ikki qiz tomonidan “Do’ppining oʻgʻirlanishi” – bu harakat va vaqt doimiyligidagi an’analarning xususiyatlarini bosqichma-bosqich va rivojlanishidir.