UZ EN RU

Xoch

Hayot va oʻlim ma’nosi
“Koʻp madaniy va tarixiy anʻanalarda xoch hayot, unumdorlik, abadiy hayot, birdamlikning ruhi va mohiyati, kuchli erkaklik energiyasini anglatadi. Xoch insoniyatning eng qadimgi ramzlaridan boʻlib, koʻplab dinlarda mavjud boʻlgan. Obod turmush va omad gʻoyasi xoch bilan bogʻliq. Shu bilan birga xoch azob va oʻlim tasviri bilan ham bogʻliq. Shu maʻnoda men turli xil rassomlar hayot va oʻlim ma’nosi orqali xoch ramzini qanday talqin qilishlarini tushunish uchun beshta asarni tanladim”, – deydi «Aloqalar: 12 timsol va ularning ma’nolari» koʻrgazmasi badiiy kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
“Koinotning ruhi haqiqatdir: bu Xudo. Dunyo tana, Tananing his-tuygʻulari esa farishtalardir, ular qalbga toʻliq vafodordirlar va tananing aʻzolari moddalar, elementlardir. Dunyoning birligi shunday, men buni tasdiqlayman”.
Abu Ali Husayn ibn Sino, Avitsenna
Оfeliya
1851–1852
Ser Jon Everett Мille
Аngliya, (1829–1896)
Tuval ustida moy, 76x112 sm
© Britaniya Teyt galereyasi, Buyuk Britaniya
Suratning markazida Shekspirning “Hamlet” spektaklidan syujet joy olgan. Hayot va oʻlim oʻrtasidagi qisqa vaqt. Ofeliyaning yaqinda uzilgan hayoti uning atrofidagi dabdabali hayotidan farq qiladi, va shu paytning oʻzida rasmda tasvirlangan har bir gul oʻziga xos ramziy maʻnoga ega.
Маlyariya
1919
Oganes Tatevosyan
(1889-1974)
Каrton ustida moy, 73х44 sm
© Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi
“Viruslar, ukam – shunday narsaki... Ular doimo tiriklik va jonsizlik yoqasida turadilar. Ularning tabiati ham tushunarsiz, hatto ular inson hujayralarida mutatsiyaga uchragan genlardir degan faraz ham mavjud. Ammo ular qachon paydo boʻlganligi noma’lum. Bir narsa aniq – ular tugʻilish va hayot rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq”.
Koji Suzuki

Insonning jismoniy va axloqiy parchalanishi Pashshalar – hayotning foniyligini, oʻlimni eslatuvchi, muqarrar oʻlim oldidan yomon belgidir. Shu bilan birga, quyosh tiklanish va qayta tugʻilish umidini bildiradi.
Bahor kuni
1937
Nikolay Каraхаn
(1900 - 1970)
Tuval ustida moy, 66,5х44,2 sm
© Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi
Odamlar bahor bayrami Navroʻzni nishonlashadi. Soʻladigan va qayta tiriladigan tabiatga ishonish bilan bogʻliq boʻlgan tabiat va unumdorlik bayrami.
Qush parvozi balandligidan Chirchiq daryosi
2012-2013
Bayat Мuxtorov
(1946 - 2015)
Yogʻoch, аlyuminiy, shisha, tosh boʻlakchasi,
Diametr – 73 sm
Suxrob Nazimovning xususiy toʻplami “Men tez-tez qiziqarli bir hodisani kuzatganman: biror joyni yaxshi koʻrib qolish uchun unga balandlikdan qarash kerak. Ehtimol, aynan shuning uchun odamlar Xudo osmonda balandda oʻtiradi, deb tasavvur qilishadi, aks holda u bizni qanday sevar edi?”
Amelie Notomb

Qush parvozidan nazar. Mikroskop orqali qaragandek hayotdagi eng qadrli narsalarni koʻrishimiz.
Paydo boʻlish
2018
Jaxongir Boboqulov
(1996 t.)
Ikki taraflama boʻyoq, matoda akril, 244x154 sm
Muallif toʻplami
“Aytishlaricha, barchamizda hayotda qiladigan ishlarimizning kurtaklani bor, lekin har doim hazil qilishni biladiganlar uchun, bu kurtaklar yanada yaxshiroq tuproq bilan qoplangan va yanada saxiyroq ogʻitlantirilgan.”
Ernest Xeminguey

Inson tugʻilishi. Tabiat bizga oʻz asarlarining dastlabki andozasining namunasini beradi. Birorta ham moyqalamning chizgisi yoq, boʻyoqlar va matoning molekulalaridan embrion siluetining namoyon boʻlishi.