UZ EN RU

Kub

Barqarorlik va beqarorlik ma’nosi
“Kub qadimgi timsol boʻlib, koʻpincha odamning idroki bilan bogʻliqdir. U toʻliqlik, barqarorlik, mustahkamlik va chidamlilik ramzi. Biroq, barqarorlik oʻzgarish va tebranishlar bilan boʻgʻliq. Insoniyat tarixi davomida biz katta ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlarning guvohi boʻlganmiz. Shuning uchun men turli xil rassomlar kubning ramziyligini barqarorlik va tebranish maʻnosida qanday izohlashini oʻrganish uchun beshta badiiy asarni tanladim,” – deydi koʻrgazmaning badiiy kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
«Koinotning boshlangʻich gʻishtlari alohida, bir-biriga bogʻlanmagan guruh boʻlib tasodifiy ravishda toʻplanmaydi, aksincha ularning barchasi bitta rejaga muvofiq yigʻiladi».
М. Plank
Koʻlda tong
1973
Gunars Binde
Latviya, (1933 t.)
Foto
Muallif toʻplami
Fotosurat muayyan holat va lahzalarni suratda aks ettirishga qodir.
Paranji taqishga qarshi kurash ayollar mitingi ishtirokchilari
1935
Маks Penson
(1893-1959)
Foto
© Bonum Factum galereyasi toʻplami
Xujum harakati ayollarning nafaqat ona, balki yangi sanoat va yangi jamiyat talab etadigan ishchilar sifatida jamiyatdagi rolini qayta koʻrib chiqishni oʻz ichiga olgan.
Ishchilar va maktab oʻquvchilarining bayram namoyishida
1940
Маks Penson
(1893-1959)
Foto
© Bonum Factum galereyasi toʻplami
“Barcha murakkab tizimlarda “kichik sabablar – katta oqibatlar” tamoyili mavjud”.
J. Gleyk

Paranjini gazniqobga almashtirgan oʻzbek ayollari. Insoniyat oʻzisimonlarni yoʻq qilishning bir qancha usullarini oʻylab topgan, shu bilan birga esa himoya qilish usullarini ham, shu jumladan, gaz hujumlarini ixtiro qilganidan keyin ham harbiylarning, ham tinch aholining ajralmas atributiga aylangan gazniqobini oʻylab topgan.
Turkiston-O‘zbekiston
1920-30 yillar
O'zbekfilm
Yelkanlar ostida (turkum)
2019
Eldor Sodiqov
(1972 t.)
Fotolar
Muallif toʻplami
Inson hayoti – bu diagramma. Uch oʻlchovli vizualizatsiya – bu barqarorlik, koʻtarilish va pasayish. Kishi oyogʻida tik turishi yoki “arosata” holatda boʻlib, “tubga” tushishi mumkin.
Janpiq qalʻasi
2018
Ernest Kurtveliyev
(1974 t.)
Fotolar
Muallif toʻplami
“Bu dunyoda doimiy ravishda insoniy hayrat va hurmat uygʻotuvchi ikkita narsa borga oʻxshaydi: ichimizdagi axloqiy qonun va tepamizdagi yulduzli osmon. Koinot “muttasil uygʻunlikda barqaror rivojlanmoqda.”
D.I.Mendeleev.

Ilgari bu joyda Sharq va Gʻarb mamlakatlaridan rivojlangan savdo yoʻllari oʻtadigan mashhur shahar joylashgan edi. Odamlar ketishdi, shahar devorlari bizga tabiat inson faoliyatdan dam olishi mumkinligini eslatib turadi.