UZ EN RU

SAKKIZBURCHAKLI YULDUZ

Moddiylik va ma’naviylik ma’nosi
“Sakkiz qirrali yulduz boʻlgan Oktagramma, insoniyatning butun tarixi davomida turli madaniyatlar tomonidan maʻnaviy va moddiy dunyo sifatida talqin qilingan. Oktagramma bizga koʻzlarimizni ochib moddiy dunyoning tashqarisiga chuqurroq nazar solib maʻnaviy qadriyatlarni oʻylashga imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, men beshta badiiy asarni tanladim, ular turli xil rassomlar oktagramma ramziyligini moddiy va ma’naviy ma’nolar orqali qanday izohlashlarini tushuntirishadi degan umiddaman ”, – deydi koʻrgazma badiiy kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
“Dunyoda bitta va yagona muammo bor – odamlarda ma’naviy mazmunni, maʻnaviy tashvishlarni tiklash…”
Antuan de Sent-Ekzepyuri
Qutqaruv zinapoyasi
1940
Xuan Miro
Ispaniya, (1893-1983)
Коllotip, kаlka, 0.357x0.433 sm
Zamonaviy sanʻat davlat muzeyi (Jorj Pompidu markazi), Parij, Fransiya
© Successio Miró / ADAGP, Centre Pompidou
«Ish qalbdagi olov bilan yaratilib, ammo klinik salqinlik bilan amalga oshirilishi kerak».
Xuan Miro

“Qutqaruv zinapoyasi” Ikkinchi jahon urushi boshida yaratilgan va unda tasvirlangan zinapoyalar keyinchalik rassom tomonidan majoziy maʻnoda ishlatiladi va rasmlarni dunyoviy realizmdan uzoq boʻlgan boshqa tekislikga oʻtkazadi. Ehtimol bu qutqaruv zinapoyasi rassomga va tomoshabinga urush, genotsid va shafqatsizlikdan xalos boʻlish uchun kerakdir. Bu “Yulduzlar turkumi” seriyasidagi eng mashhur asar.
Choyxona
1920
Аleksandr Volkov
(1886-1957)
Tuval ustida moy, 66х98 sm
© Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi
«Hayot oʻzgarmoqda va biz esa – bedana, choyxona, karvon ... Biz yangi shakllarni izlashimiz kerak»
А.Volkov

Turkistonda anʻanaviy choyxona turmush tarzi hisoblanadi. Soya joyda bir nechta yogʻoch karavot turadi, ularning ustida mehmonlar taom tanovul qilishar yoki shunchaki choy ichib, muloqot qilish uchun yigʻilishadi. U yerda soʻnggi yangiliklarni eshitish, ularni doʻst va tanishlar bilan muhokama qilish mumkin edi. Bu choyxonaning mahallalarda madaniy va ijtimoiy markazga aylanishiga olib keldi.
Sartaroshxonada
Natta Konisheva
(1935 t.)
Tuval ustida moy, 59.7х80 sm
© I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat san’at muzeyi
“Deyarli har doim tushda yashab, koʻzlarimizni yumib yurgan holda, biz uchun tashqi nisbatlarni kuzatish va ushlab turish yetarli emas deb oʻylaymiz, lekin biz har bir imo va xatti-harakatlarga, har bir soʻzga, hissiyotga, har bir fikrga joziba beradigan chuqurroq goʻzallikka ehtiyoj sezamiz”.
Delia Steinberg Gusman

Sartaroshxonada – bu moddiylik moddiylikda mavjud boʻlgan joy. Isteʻmolchilik va mavjudlikning tashqi omillariga taʻzim qilish.
Hissiyotli
1992
Bobur Muxamedov
(1965 t.)
Tuval ustida moy, 129x105 sm
Muallif toʻplami
Odamlar moddiy boylikka kirishib, maxluq aylanishadi. Foyda olish, daromadni va qulayliklarni koʻpaytirish – zamonaviy insonning maqsadi. Petrogliflar ibtidoiy jamiyatning timsolidir. Ibtidoiy odamlarning turmush tarzi ov qilishdir.
Oshiq darvesh
1994
Jamol Usmonov
(1961 t.)
Tuval ustida moy, 70x70 sm
© Oʻzbekiston tasviriy san’at milliy galereyasi toʻplami (Oʻzmilliybank)
“Narsalarga va qulayliklarga bogʻlanish qiziqarli hayot yoʻlidagi asosiy toʻsigʻi hisoblanadi. Odamlar, koʻpincha, har qanday vaqtda oʻz hayotlaridan har qanday narsani tashlashi mumkinligini anglamaydilar. Istalgan vaqtda. Darhol.”
К. Kastaneda

Darveshning sayohati idrokni, yangi narsalarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Darvesh oriq, ammo quvnoq va xotirjam. Maʻnaviy ozuqa ’uqa va Yaratganning inoyati uni oddiy dunyo taomlaridan yaxshiroq toʻydiradi. Darvesh dunyo bilan suhbatlashadi. Dunyo esa u bilan suhbatlashadi. Kichkina koʻlmak aksidagi ulkan olamning mozaikasi