UZ EN RU

Beshburchakli yulduz

Uygʻunlik va tartibsizlik ma’nosi
“Pentagramma bu besh raqam bilan bogʻliq boʻlgan geometrik ramzi. Besh qirrali yulduzning choʻqqilari ruh, havo, olov, suv va yerni anglatadi. Bu elementlarning barchasi hayotning oʻzi bilan chambarchas bogʻliq. Toʻgʻri pentagrammaning geometrik nisbati Uygʻonish davridan beri rassomlar tomonidan sevimli boʻlgan Oltin kesimdir. Pentagramma himoya ramzi sifatida qabul qilinadi biroq, uning teskari maʻnosi tartibsizlikni ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan, turli rassomlar pentagrammaning ramziyligini uygʻunlik va betartiblik maʻnosi orqali qanday izohlashini oʻrganish uchun men beshta badiiy asarni tanladim,” – deydi koʻrgazmaning badiiy kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
“Sayyoradagi eng dahshatli jinoyatlar qoidalarga qarshi chiqqanlar tomonidan emas, balki ularga amal qilganlar tomonidan sodir etiladi. Bomba tashlab, qishloqlarni qirib tashlaganlar – aynan qoidalarga rioya qilganlardir.”
Benksi
Gernika
1937
Pablo Pikasso
Ispaniya, (1881-1973)
Tuval ustida moy, 349.3 × 776.6 sm
© Qirolicha Sofiyaning san’at milliy markazi muzeyi (MNCARS), Маdrid, Ispaniya
“Dunyo bugungi kunda mantiqiy emas. Xoʻsh, nima uchun mantiqiy rasmlarni chizishim kerak?”
Pablo Pikasso

Polotnoda 1937 yil aprel oyida sodir boʻlgan Basklarning Gernika shahrining portlatilishi tasvirlangan. Rasmda urush dahshati aks ettirilgan boʻlsa ham, u tinchlik timsoliga aylandi.
Коmpozitsiya
1920
Vasiliy Kandinskiy
(1866-1944)
Tuval ustida moy, 87.5х87.5 sm
© Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi
"Kompozitsiya bu stress shaklida elementlarga biriktirilgan hayotiy kuchlarning oʻta mantiqiy tashkil etilishidan boshqa narsa emas".
V. Kandinskiy

Uning rasmida tanalar yoʻq, odatiy odamlar va hayvonlarning figuralari yoʻq. Ammo har xil shakllarning soyalari kabi – ranglar– va chiziqlar mavjud: erning bir qismi, yam-yashil suv, koʻm-koʻk osmon parchasi, burchakda porlayotgan quyosh, odamning qanotlangan ruhi. Eng muhimi, uning istagi bu barcha shakllar va chiziqlardan iborat qismlar rasmda birlashib uygʻunlikni tashkil etishi.
Коmpozitsiya
1920
Vasiliy Kandinskiy
(1866-1944)
Tuval ustida moy, 96.5х106.5 sm
© Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi
“Rassomchilik – bu asar deb nomlangan kurash orqali yangi dunyo yaratish maqsadidagi turli olamlarning kuchli toʻqnashuvidir. Texnik jihatdan har bir asar koinot paydo boʻlgani kabi ohir-oqibat musiqa deb nomlangan simfoniyani yaratuvchi orkestrning xaotik oʻkirishiga oʻxshash falokatlar natijasida yuzaga keladi va. Asarni yaratish bir olamdir”.
V. Kandinskiy.
Tinchlik va urush
2019
Eldos Fozilbekov
(1993 t.)
Plakatlar toʻplami
Muallif toʻplami
“Urush va tinchlik – uygʻunlik – va betartiblikning toʻqimalarini taqqoslashdir. Harbiy qalqonlar betartiblik timsolidir, qalqonlarda esa tinchlikka umid sifatida gullar bilan devor qogʻozi bosilgan. Yuqorida juda kichik boʻlgan bu uygʻunlikning bir qismi joylashgan. Bulutlar fonida barcha goʻzalliklarning moʻrtligi timsoli sifatida koʻrinar-koʻrinmas “TINCHLIK” soʻzi yozilgan. Goʻzallik olamidagi daraxtni atrofdagi tartibsizliklar yutib yuborgan. Anorlar – uygʻunlik– va tartibsizlikning mevalari. Uygʻunlik va tinchlik ustidan parvoz qilayotgan harbiy samolyot muvozanatni yoʻqotish qoʻrquvining belgisidir.”
Eldos Fazilbekov
Jannat bogʻi
2020
Sardor Erkinov
(1995 t.)
Tuval ustida moy, аkril, 90x190 sm
Muallif toʻplami
“Jannat bogʻi Odam Ato va Momo Havo tashrifidan keyin betartiblikda. Xarobazorga aylangan Jannat. Koinot va betartiblik oʻrtasidagi nozik chiziq. Tushunish va moslashish tili”.
Sardor Erkinov