UZ EN RU

NUQTA

Ilohiy va insoniy mohiyat ma’nosi
«Nuqta maksimal darajada siqilgan energiyani anglatuvchi ramz. U mistik adabiyotda keng tarqalgan va koinotning kelib chiqishi haqidagi zamonaviy fizik va astronomik nazariyalariga yaqin. Har qanday hodisa nuqtadan boshlanadi. Nuqta barcha o‘lchovlarning asosi bo‘lib, insoniy Mohiyatning markazi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, men turli xil rassomlar ilohiy va insoniy ramzini nuqta orqali turlicha izohlashini tushunish uchun beshta asarni ajratib ko‘rsatdim», – deydi «Aloqalar: 12ta ramz va ularning ma’nolari» ko‘rgazmasi badiiy kuratori Shakhnoza Karimbabayeva.
“O‘xshashlik san’ati deb nomlanishi afzalroq bo‘lgan rasm san’ati bo‘yoqlarda faqat ko‘z ilg‘aydigan dunyoni taqdim etadigan tasvirlarni o‘z ichiga olgan g‘oyani ifodalashi mumkin, ichki his rassomga sirni qanday ochish kerakligini pichirlaydi.”
Rene Magritt
Soxta toshoyna
1929
Rеnе Маgritt
Bеlgiya, (1898-1967)
Tuval ustida moy, 54x80.9 sm
© Nyu York zamonaviy san’at muzeyi (МоМа), АQSh
Ulkan ko’z tasviri butun makonni egallaydi. Nuqtai nazar, bir-biridan bir qancha uzoqroq bo’lgan voqelik dunyosini his etishni belgilaydi.
Kuyov
1923
Аleksandr Nikolayev (Usta Mo’min)
(1897-1957)
Tuval ustida moy, 24.3х22.8 sm
© I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi
«Koinotni tushunish mumkin, lekin o‘zlikni emas; odam va uning ichki "Meni" orasidagi masofa ba’zan yulduzlar orasidagi masofadan kattaroqdir».
Gilbert Keyt Chesterton

O‘z ichki dunyosiga qaratilgan yosh yigitning nigohi o‘zining ichki mag‘zini, xotirjamlikni izlashni va ruhi nimaga erishayotgani haqida o‘ylashni anglatadi. Anor – bu juftlikning ikkinchi yarmini, o‘zligini izlash, va anorning ichida yashovchilar ko‘plikda birlikni tashkil etuvchi donalardir.
Аvtoportret
Vasiliy Lisenko
(1899-1970)
Tuval, moy, 60.3х60.4 см
© I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat san’at muzeyi
“Inson o’zining ichki dunyosini o‘zgartirgan holda o’z tashqi dunyosini o‘zgartira oladi».
Uilyam Jeyms

Inson o’zining ichki dunyosini o’zgartirgan holda o’z tashqi dunyosini o’zgartira oladi. Insonning nigohi – bu tashqi dunyoga uni o‘zgartirish, tizimlashtirish, qoidalar o‘rnatish va hayotning moddiy sifatini yaxshilash istagi bilan murojaat qilishidir.
Iyul jaziramasi choʻqqisida Yozyovon
2006-2012
Vyacheslav Useyinov
(1962 t.)
Gobelen, qoʻlda toʻqish, aralash uslub, 230х400 sm
Muallif toʻplami
Chiyni toʻqimachilik boʻyicha mutaxassis Petrosova Nina tomonidan ishlovi
“Fraktal Verizmning poetikasida ko‘rinadigan obyektni mavhum bo‘shliq chegarasigacha tarqatish va asl joyining ko’z ilg‘amas xotirjamligiga qaytarilishi mumkin. Umuman olganda fraktalning verizmga, verizm esa fraktalga ehtiyoji bor”.
Orzu
2018
Sanjar Jabborov
(1986 t.)
Tuval ustida akril, 130x130 sm
Muallif to‘plami
O‘ylang va hayolni tasavvur qiling Ikki dunyo – nazariy idealizatsiya dunyosi, bu yerda moddiy tana aqliy, matematik nuqtaga "aylanadi". Tasavvurdagi nuqta – bu konusda aks ettirilgan ko‘zga ko‘rinadigan narsa. Boshqacha qilib aytganda, nuqta faraz qilish va ko‘rish (tushuncha va tafakkur) chorrahasida, – yoki – o‘ta sezgir va sezgir, – yoki – tanasiz va tanali ... Nuqta ularning uchrashuvi va qarama-qarshiliklari joyidir: – va imkonsiz – transubstantizatsiya.