UZ EN RU

PIRAMIDA

Ierarxiya va qamrov ma’nosi
“Piramida bu koinotdagi ierarxiya ramzi. Bir tomondan, ierarxiya ramzi kuch, yutuqlar, obroʻ va imtiyozlar degani. Boshqa tomondan, ushbu ramziylikning qarama-qarshi tomoni individuallikning ahamiyati va har bir insonning ijtimoiy sohada noyob rolini anglatadi. Bu bizga irq, jins, sinf, avlod va jugʻrofiya tafovutlarini yengib, hamma uchun imkoniyat va tenglikni ta’minlaydigan inklyuziv (yani qamrovli) jamiyatning ahamiyatini eslatadi. Shu nuqtai nazardan, men turli xil rassomlar piramidaning ramziyligini ierarxiya va qamrov ma’nolari orqali qanday izohlashini tushunish uchun beshta asarni tanladim”, – deydi koʻrgazmaning badiiy kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
“Aqlli, ammo mantiqsiz inson tabiati, hattoki biron bir iqtisodiy sabab bunga majbur qilmasa ham, ikki xalqni raqobatlashishga va bir-biriga qarshi kurashishga majbur qiladi; ularning ijtimoiy ta’minoti dasturlarida yaqqol oʻxshashliklarga qaramay, ikkita siyosiy partiyalar yoki dinlarni shiddatli kurashga undaydi; bu ba’zi bir Iskandar yoki Napoleonni oʻz qoʻl ostida butun dunyoni birlashtirish uchun millionlab fuqarolarini qurbon qiladi.”
K. Lorents
Imperator Ubu
1923
Маks Ernst
Olmoniya, (1891-1976)
Tuval ustida moy, 81x65 sm
© Zamonaviy san’at davlat muzeyi (Jorj Pompidu markazi), Parij, Fransiya
Imperator yon tarafiga yiqilib tushadigan toʻxtatilgan pirildoqqa oʻxshaydi. Minoraning ulkanligi va uning beqaror poydevori choʻlda va butunlay yolgʻiz boʻlgan imperatorning ichki mojarosini aks ettiradi
Chingizxon
Аrkadiy Stavrovskiy
1903-1980
Qogʻoz ustida moy, folga, 116 х 80 sm
© I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat san’at muzeyi
"Hech kim na bilim, na boshqa fazilatlar bilan ajralib turishni istamaydi, chunki hukumat, ustunlikka ega boʻlgan har qanday kishiga dushmanlik qiladi."
Nettesgeymlik Genrix Korneliy Agrippa

Chingizxon timsolidagi kuch ramzi Moʻgʻul imperiyasining asoschisi va birinchi xon (xoqon)dir. Xitoy, Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada moʻgʻullarning bosqinchilik harakatlarini uyushtirgan qoʻmondon.
Shahar boʻylab sayohat qilgan rassom
1975
Аrkadiy Stavrovskiy
(1903-1980)
Fanerda qogʻoz, moy 103.5х73.5 sm
©I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston RespublikasiDavlat san’at muzeyi
Xudolardan kelib chiqqan va xudolarga qaytishi kerak boʻlgan butun insoniyat nigohini tepaga qaratadi. Rassom odamlarga haqiqatni gapira oladigan Yaratuvchi sifatida aks ettirilgan.
Qora toyloq (DADA turkumidan san’at asari)
2015
Inna Sandler
(1976 t.)
Tuval ustida moy, аkril, 79х94 sm
Muallif toʻplami
Ularning har biri oʻz roliga, ammo har xil qobiliyatlarga ega: ot, piyoda, malika yoki farzin, lekin ularning joylashgan joyiga qarab, har kim, hatto oddiy piyoda ham mot qoʻyishi mumkin.
Sabab
2019
Sanjar Jabborov
(1986 t.)
Tuval ustida moy, 130x120 sm
Muallif toʻplami
“Alohida shaxslarning aqliy qobiliyatlari va bilim darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, ularning didlari va qarashlari shunchalik keskin farq qiladi va ularning biron bir alohida qadriyatlar ierarxiyasini qabul qilishi ehtimoli shunchalik kam boʻladi.”
Fridrix fon Xayek

Turli manbalardan olingan bilimlar ierarxiyasi insonning oʻzi uchun poydevor boʻladi.