UZ EN RU

UCHBURCHAK

Erkak va ayollik ma’nosi
“Ushbu belgi shaxsiyat, gender tengligi va hayotning ijtimoiy, madaniy yoki shaxsiy sohasidagi erkak va ayolning adolatli o‘zaro muvozanati haqida. Shuni yodda tutgan holda, men tomoshabinlarni barcha rassomlar uchburchakning ramziyligini erkak va ayol ma’nolari orqali qanday izohlashlarini o‘rganishga taklif qilaman”, deydi ko‘rgazmaning badiiy-kuratori Shahnoza Karimbabayeva.
“Jismlar osmonda boshlanadi, xuddi bolaning nafas olish Kuchi otadan boshlangay kabi. Bolaning ko‘rinishi onadan tug‘ilgandek, barcha moddiy tarkibiy qismlar Yerda tug‘iladi”.
U Chen
Gektor va Andromaxa
1930
Jorjioio de Kiriko
Italiya, (1888—1978)
Tuval ustida moy 92.2х73.0 sm
© Pola tasviriy san’at muzeyi SIAE, Rum & JASPAR, Тоkio
“Eshitganlarimning ahamiyati yo‘q; men ko‘rganim muhim, ayniqsa ko‘zlarimni yumganimda”.
Jorjio de Kiriko

Qo‘lsiz, yuzsiz, oyoq o‘rniga ortopedik protezlarli odamni o‘rnini bosadigan manekenlar. Uning san’at asarlari hayotning ma’nosizligi va yashashni tushunarsiz jumboqlarini aks etadi.
Коmpozitsiya
1920
Varvara Stepanova
(1894-1958)
Qog‘oz ustida akvarel 39.30x54.60 sm
© O‘zbekiston davlat san’at muzeyi
Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar. Yumshoqlik, muloyimlik va xush muomalalikdan iborat erkakning yagona dunyosi – bir so‘z bilan aytganda, u ayol dunyosida yashaydi, ayol esa bu vaqtda erkakning og‘ir va qattiq dunyosida chirpanadi.
Qayiqlar va uchta qiyofali peyzaj
1915
Аmshey Nurenberg
(1887-1979)
Qog’oz ustida akvarel, 14x4x21.2 sm
© O‘zbekiston davlat san’at muzeyi
“Men uchun tabiat, madaniyat dunyosi, ijtimoiy shakllarga ega bo’lgan insoniyat dunyosi va hokazolarning mavjudligi, menda tegishli tajribaga ega boʻlish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi”.
Edmund Gusserl

Qayiqlar va odamlar bu hayot metaforasi: inson hayot dengizining to‘lqinlarida suzadi. Harakat dengiz bo‘yida ro‘y beradi va barcha sayohatlarning boshlanishi va tugashini anglatadi. Sohilda turli xil ahvoldagi uchta erkak – yangi sayohatlarga tayyorlik, kutish va befarqlik.
Baxtli oila
2007
G’ofur Qodirov
(1958 t.)
Tuval ustida moy, 110x110 sm
Muallif to’plami
Ona-Yer, Osmonning rafiqasi, Yerdagi barcha mavjudotning Onasi, yaxshilik bilan yomonlikning farqiga bormaydi, farzandlarini dunyoga keltirib, ularni sevib yashaydi.
Yomg‘ir rangli osmon
2014
Bobur Muxamedov
(1965 t.)
Tuval ustida moy, 130x80 sm
Muallif to’plami
“Cheksizdan cheklanganga yoki Aniqsizlikdan Aniqlikga o‘tish – bu Simmetrikdan Markazlanganga, Noierarxikdan Ierarxikga o‘tishdir”.
Sergey Eyzenshteyn

Tumor-talismanli, taqali va ko‘zli yomg‘ir. Talisman so‘zi arabcha “talisma” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u gʻamxoʻrlik va yordam uchun ramziy iltimos sifatida yuqori kuchlarga yuborilgan "sehrli xat" degan ma’noni anglatadi. Uch belgini ham bir xil ma’no birlashtiradi – insonni yomon ko‘z va yovuz ruhlardan asrash.